"Tottenxem" APLda harakat qilayotgan argentinalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232

«Bornmut» markaziy himoyachisi Markos Senesi Londonning «Tottenxem» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Matteo Moretto o'zining ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berdi.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar» himoya chizig'ini kuchaytirish uchun argentinalik futbolchi nomzodini ko'rib chiqmoqda. Ayni damda klub markaziy himoyachi pozitsiyasi uchun yangi o'yinchi qidirmoqda.
28 yoshli Markos Senesi 2022 yilning avgustidan buyon «Bornmut» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan. Himoyachining bozor qiymati 22 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Senesi Angliya Premer-ligasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi va 7 ta sariq kartochka oldi.

Bosh sahifaga
304