Gvardiola Husanovni "Uokerning praym davri"ga qiyosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovning himoyaning o'ng qanotida muvaffaqiyatli o'ynay olishiga shubha qilmayapti.
21 yoshli futbolchi «Fulxem»ga qarshi bahsning 60-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va o'zi uchun odatiy bo'lmagan o'ng qanot himoyasi pozitsiyasini egalladi. Uchrashuv «shaharliklar»ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
«Men Husanovning o'ng qanot himoyachisi sifatidagi o'yinini kuzatdim va bu Kayl Uokerning eng praym davridagi ijrosiga o'xshardi. Men Husanovning bunga qodirligini bilaman», — deya Gvardiolaning so'zlarini keltirmoqda «The Touchline».
Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249