Semeno "Manchester Siti"ning chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlarini baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

«Manchester Siti» futbolchisi Antuan Semeno jamoasining Premer-liga chempionligi uchun kurashdagi imkoniyatlarini qanday baholashi haqida gapirib berdi.
Chorshanba kuni «shaharliklar» «Fulxem»ni yirik (3:0) hisobda mag'lub etishdi va turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Arsenal» bilan oradagi farqni 3 ochkogacha qisqartirishdi.
«Rostini aytsam, bu men uchun yangilik. Titul uchun kurashish yoqimli, ammo shu bilan birga, bu jiddiy bosim va yuqori talab demakdir. Menimcha, bizda buni uddalay oladigan darajada kuchli jamoa bor. Oldinda yana 12 ta o'yin kutib turibdi — biz shu ruhda davom etishimiz kerak», — dedi Semeno TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Bugun «Arsenal» safarda «Brentford»ga qarshi bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
252