«Yuventus» himoyachisini APL grandiga qo'yib yubormadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

«Yuventus» markaziy himoyachi Per Kalyulyu bilan xayrlashishni istamayapti. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchiga Angliya Premer-ligasining nomi oshkor etilmagan «etakchi klublaridan biri» qiziqish bildirgan.
«Keksa sinora» rahbariyatining rejalari juda aniq: frantsuz futbolchisini sotish niyati yo'q va unga maoshi oshirilgan, 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.
Per Kalyulyu 2024 yilning yozida «Milan»dan «Yuventus»ga o'tgan edi. O'tgan oyda himoyaning qanotida ham o'ynay oladigan ushbu markaziy himoyachini OAV «Manchester Yunayted» bilan bog'lagan edi, biroq o'shanda vaziyat aniq taklifgacha etib bormagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281