Xalqaro o'rtoqlik o'yini. «Dinamo» Armanistonning 13 karra chempionini yirik hisobda mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

«Dinamo» jamoasi BAAdagi 2-yig'ini doirasidagi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini Erevanning «Pyunik» jamoasiga qarshi o'tkazdi.
Ajmanda o'tgan bahsning birinchi bo'limida hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Vadim Abramov tarkibda bir qator o'zgarishlarga qo'l urgach, vakillarimiz to'liq ustunlik bilan g'alabaga erishishdi.
Anvarjon Hojimirzaevning uzatmasidan keyin dastlab Firdavs Abdurahmonov hisobni ochgan bo'lsa, ko'p o'tmay Anvarjonning o'zi ajoyib zarbasi bilan farqni ikkitaga etkazdi. Ko'p o'tmay, yana Anvarjonning ikkinchi uzatmasidan keyin Xislat Xalilov chiroyli golga mualliflik qilib, hisobni yiriklashtirdi – 3:0.
Shu tariqa, «Dinamo» Armanistonning 13 karra chempioni «Pyunik»ni yirik hisobda mag'lub etdi.
Xalqaro o'rtoqlik o'yini. Ajman, BAA
11 fevral (chorshanba)
Pyunik (Erevan) – Dinamo (Samarqand) – 0:3
Gollar: Firdavs Abdurahmonov 52, Anvarjon Hojimirzaev 65, Xislat Xalilov 74
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullaev, Mahammadu Dembele, Jahongir O'rozov, Mauro Brazil, Til Mavretich, Akbar Xudoyberdiev, Nurillo To'xtasinov, Rasul Yo'ldoshev, Bektemir Abdumannonov, Mirjahon Mirahmadov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sanjar Qodirqulov, Jaloliddin Jumaboev, Dramane Salou, Jahongir Abdusalomov, Firdavs Abdurahmonov, Xislat Xalilov, Azizbek Amonov, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug'bek Hoshimov.

Bosh sahifaga
273