Marko Silva «Manchester Siti»ga qarshi o'yindagi yo'l qo'yilgan xatolarni tan oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

«Fulxem» bosh murabbiyi Marko Silva Angliya chempionatining 26-turi doirasida «Manchester Siti»dan qabul qilingan mag'lubiyat (0:3) haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Odatda, bu kabi o'yinlarda juda ehtiyotkor bo'lish kerakligini bilamiz. Bugun «Siti» juda osonlik bilan gollar urdi. Hisob 1:0 bo'lib turganda, bizda muvozanatni tiklash uchun yaxshi imkoniyat bo'lgan edi, balki boshqa o'yinda bundan foydalangan bo'lardik. Bunday darajadagi bahslarda biz o'zimizning eng yaxshi holatimizda bo'lishimiz shart, ammo bugun buni uddalay olmadik va shu sababli mag'lub bo'ldik», — deya Silvaning so'zlarini keltirmoqda BBC.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264