Italiya Kubogi: Barcha yarim finalchilar ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293

Chorshanba, 11 fevral kuni «Latsio» Italiya Kubogi 1/4 finalida «Bolonya»ni penaltilar seriyasida (1:1, pen. — 4:1) mag'lub etdi. Shu tariqa, turnirning barcha yarim finalchilari nomi ma'lum bo'ldi.
Yarim finalda «Latsio» «Yuventus»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «Atalanta» bilan to'qnash keladi. Ikkinchi juftlikda esa «Inter» va «Komo» jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar chorak finalda mos ravishda «Torino» va «Napoli» to'sig'idan o'tishgan edi.
Dastlabki uchrashuvlar 4 mart kuni, javob bahslari esa 22 aprelga belgilangan. O'yinlarning aniq boshlanish vaqti translyatsiya huquqiga ega bo'lgan kompaniyalar bilan kelishilgan holda keyinroq e'lon qilinadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284