Endrikning qizil kartochkasi bekor qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

Frantsiya Professional futbol ligasi (LFP) Liga 1 ning 21-turidan o'rin olgan «Nant»ga qarshi o'yinda (1:0) «Lion» hujumchisi Endrikning maydondan chetlatilishi bilan bog'liq vaziyatni ko'rib chiqdi. 19 yoshli braziliyalik futbolchi uchrashuvning 61-daqiqasida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan edi.
Intizom qo'mitasi videoyozuvlarni qayta ko'rib chiqib va hakam hisoboti bilan tanishib chiqqach, braziliyalik hujumchining qizil kartochkasini bekor qilishga qaror qildi. Uning o'rniga Endrikka sariq kartochka yozildi. Ushbu sariq kartochka futbolchi uchun bahsdagi ikkinchisi bo'lgani sababli, maydondan chetlatish o'z kuchida qoldi. Natijada Endrik faqatgina bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Ma'lumot uchun, Endrik shu yilning qishqi transfer oynasida «Real Madrid»dan «Lion»ga ijara asosida o'tgan edi. Frantsiya chempionatidagi 4 ta o'yinida u 3 ta gol urishga va 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.

Bosh sahifaga
284