Ispaniya kubogi. «Real Sosedad» «Atletik»ka qarshi dastlabki yarim final o'yinida safarda g'alaba qozondi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257

«Real Sosedad» Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida «Atletik» ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahs Bilbaodagi «San Mames» stadionida bo'lib o'tdi.
Birinchi bo'limda darvozalarga gol urilmadi. O'yinning 62-daqiqasida yarim himoyachi Benyat Turrentes Gonsalu Gedeshning uzatmasidan so'ng gol urib, jamoasiga g'alaba keltirgan yagona to'p muallifiga aylandi.
Javob uchrashuvi 4 mart kuni San-Sebastyanda bo'lib o'tadi.
Ispaniya Kubogi. 1/2 final | 12 fevral | «San-Mames» stadioni
Atletik — Real Sosedad — 0:1
Atletik BilbaoAsosiy tarkib: Padilya, Lyaport, Monreal, Boyro, Lekue, Xauregizar, Rego, U. Gomes, Navarro, Inyaki Uilyams, Guruseta.
Zaxiradan tushganlar: Vesga (82), Ruis de Galarreta (56), Sanches (56), Uilyams (56), Serrano (56).
Real SosedadAsosiy tarkib: Remiro, Chaleta-Tsar, Xon Martin, S. Gomes, Aramburu, Gorrotshategi, Turrentes, Soler, Gonsalu Gedesh, Marin, Oyyarsabal.
Zaxiradan tushganlar: Elustondo (74), Oskarsson (74), Odriosola (85), Oching (90+5), Errera (85).
Uchrashuvdagi muhim voqealar:
Gol: Turrentes, 62 (0:1).
Ogohlantirishlar: Ruis de Galarreta (65) — Gonsalu Gedesh (58), Odriosola (64), Oyyarsabal (90).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
275