Vinisius Arauxoga qo'ng'iroq qilgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26637

Vinisius Junior ruhiy muammolarga duch kelgan Ronald Arauxoga nisbatan iliq munosabatda bo'ldi.
«As» nashrining xabar berishicha, 2025 yil oxirida, «Barselona» himoyachisi depressiya bilan kurashayotgan bir vaqtda, «Real» vingeri unga qo'ng'iroq qilgan. Braziliyalik futbolchi urugvaylik hamkasbining ahvoli bilan qiziqqan, unga dalda berib, qo'llab-quvvatlashini bildirgan.
Avvalroq, Vinisius yanvar oyida bo'lib o'tgan Ispaniya Superkubogi finalida ham Arauxo bilan suhbatlashgani haqida xabar berilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
296