Abduqodir Husanov 4 yanvardan buyon ilk bor «Siti» zaxirasida qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 994

APL 26-turi doirasidagi "Manchester Siti" - "Fulxem" uchrashuvi asosiy tarkiblari e'lon qilindi. Bahsni "shaharliklar" safida hamyurtimiz Abduqodir Husanov zaxirada boshlaydigan bo'ldi.
Qizig'i, 21 yoshli futbolchimiz 4 yanvardan buyon ("Chelsi"ga qarshi o'yin 1:1) ilk bor "Siti" zaxirasida o'yinni boshlaydi.
Husanov shundan so'ng qatorasiga 10 ta o'yinda ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi. Shuningdek, u jamoaning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Husanov bu mavsumda umumiy hisobda 20 ta o'yinda maydonda 1469 daqiqa harakat qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
300