Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yomon transferlar ro'yxati tuzib chiqildi (TOP 10)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50

ESPN nashri Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz 50 ta transfer reytingini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatda birinchi o'rinni «Chelsi» tomonidan «Shaxtyor»dan 70 million evro evaziga sotib olingan ukrainalik yarim himoyachi Mixail Mudrik egalladi.
Eng yomon o'nta transfer qatoridan quyidagilar joy oldi:
Mixail Mudrik — «Shaxtyor»dan «Chelsi»ga (70 mln evro).
Antoni — «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga (95 mln evro).
Nikolya Pepe — «Lill»dan «Arsenal»ga (80 mln evro).
Ali Dia — «Sautgempton»ga erkin agent sifatida.
Deniel Drinkuoter — «Lester»dan «Chelsi»ga (37,9 mln evro).
Rikardo Alvares — «Inter»dan «Sanderlend»ga (10,5 mln evro).
Romelu Lukaku — «Inter»dan «Chelsi»ga (113 mln evro).
Jeydon Sancho — «Borussiya D»dan «Manchester Yunayted»ga (85 mln evro).
Tomas Brolin — «Parma»dan «Lids Yunayted»ga (5,3 mln evro).
Kalvin Fillips — «Lids Yunayted»dan «Manchester Siti»ga (49 mln evro).
2024 yil dekabr oyida Mixail Mudrikning doping-probasida taqiqlangan moddalar ro'yxatiga kiritilgan meldoniy aniqlangan edi. O'sha vaqtga qadar ukrainalik yarim himoyachi «Chelsi» safida 73 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Uning so'nggi rasmiy o'yini 2024/2025 yilgi mavsum Konferentsiyalar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi «Xaydenxaym»ga qarshi bahs (2:0) bo'lib, unda Mudrik gol urishga muvaffaq bo'lgandi.
Manba: ESPN
Bosh sahifaga
296