"Chelsi" himoyachisi nihoyat jismoniy holatini tiklamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 711

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor himoyachi Uesli Fofananing jismoniy holatini baholadi.
«U uzoq vaqt ichida ilk bor hafta o'rtasidan dam olish kunlarigacha bo'lgan davrda ketma-ket ikkita o'yinda maydonga tushdi. Bu juda ijobiy belgi. Har bir futbolchining maqsadi — barcha o'yinlarda ishtirok eta olishdir. Hozircha biz Fofana bilan bunga erishganimiz yo'q. Biroq, bizdagi tibbiy shtab va ish uslubimiz bilan buni amalga oshira olishimizga ishonchim komil», — dedi Rosenor matbuot anjumanida.
Uesli Fofana 2022 yilda «Lester»dan «Chelsi»ga 80 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi «ko'klar» safida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
266