Mareska «Tottenxem» boshqaruvini qo'lga olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 570

«Chelsi» klubining sobiq bosh murabbiyi Entso Mareska «Tottenxem»ni boshqarishi mumkin.
«MatchDayCentral» nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Tomas Frank iste'foga chiqarilgach, «shporlar» yangi ustoz qidirishni boshlab yuborishgan. Italiyalik mutaxassis ushbu lavozimga asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi. «Tottenxem» rahbariyati Mareskaning futbol falsafasiga yuqori baho bermoqda, shu sababli yaqin vaqt ichida u bilan aloqaga chiqishi kutilmoqda.
Entso Mareska 2024 yildan 2026 yilgacha «Chelsi»ni boshqargan edi. U joriy yilning 1 yanvar kuni iste'foga chiqarildi. Uning qo'l ostida «ko'klar» Konferentsiyalar ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqishgan.
Hozirda «Tottenxem» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi. London klubini xavfli hududdan atigi besh ochko ajratib turibdi.

Bosh sahifaga
240