Flik: "U ancha yaxshilanishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3732

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Atletiko"ga qarshi kubok o'yini oldidan jurnalistlar qarshisida chiqish qildi. Nemis vinger Lamin Yamal haqida savol oldi.
- Yamalda sizni ko'proq nima hayratga soladi?
- Ko'rganlarimdan juda mamnunman. Maydonda u har doim o'yinni kerakli tomonga yo'naltirishga qodir. U katta o'yinchi. Unda biz futbolda yaxshi ko'radigan hamma narsa bor: dribling, yakkama-yakka o'yin... Uning o'yinini tomosha qilish yoqimli. U doimiy ravishda mashg'ulotlarda oldinga siljishni xohlaydi va bu juda yaxshi. U yaqin yillarda ancha yaxshilanishi kerak va mumkin, - dedi Flik.
"Barselona" Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242