Flik "Atletiko"ga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1285

Ispaniya kubogi yarimfinalida "Barselona"ga "Atletiko" raqiblik qiladi. Ushbu bosqichda jamoalar final chiptasi uchun kurashda ikki marta to'qnash kelishadi. "Ko'k-anorranglilar" ustozi Xans-Diter Flik raqibga baho berdi.
"Biz fantastik jamoaga qarshi o'ynaymiz. Ularning "Betis"ga qarshi kubok o'yinini ko'rdim - bu juda ta'sirli edi. Simeone "Atletiko"da ajoyib ishlarni amalga oshirmoqda. Ko'rganlarim menga juda yoqdi. Bizni qiyin o'yin kutmoqda", - dedi Flik matbuot anjumanida.
"Atletiko" va "Barselona" jamoalari ilk o'yinni 12 fevral, payshanba kuni o'tkazishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247