Mbappe hakamni haqorat qilgani uchun jazolanmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 679

Kilian Mbappe "Valensiya"ga (2:0) qarshi o'yin hakami sha'niga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun jazodan qutulib qoladi.
Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida bosh hakam Xaver Alberola Roxas frantsiyalik hujumchini ofsaydda qolganini qayd etdi. Mbappe to'rtinchi hakam David Kambronero Gonsalesdan qabul qilingan qarorga izoh berishni so'radi. Hakam bu epizodni tribuna ostidagi xonada muhokama qilishga tayyorligini aytdi, ammo ikkinchi bo'lim boshlanishidan oldin Mbappening takroriy iltimosiga javob bermadi, shundan so'ng frantsuz uni "masxaraboz" deb atadi.
L'Equipe nashri xabariga ko'ra, Mbappening bu so'zlari hakamning o'yindan keyingi hisobotida aks etmagan. Liga intizom qo'mitasi futbolchini jazolashi dargumon.

Bosh sahifaga
250