«Atletiko» «Barselona» ustidan g'alabaga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

Payshanba kuni Ispaniyada katta o'yin bo'lib o'tadi — mamlakat kubogining birinchi yarim finali doirasida «Atletiko» o'z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi. Madridliklar g'alaba qozonishdan umidvor, biroq kataloniyaliklar ham o'z oldilariga aynan shunday vazifani qo'yishgan.
«The Touchline» nashrining xabar berishicha, «Atletiko» murabbiylar shtabi jamoa «Barselona»ni mag'lub eta olishiga ishonmoqda. Bu ishonch, ayniqsa, kataloniyaliklar tarkibida Rafinya va Pedrining yo'qligi bilan bog'liq — braziliyalik futbolchi jarohat olgan.
Ko'ramiz, madridliklarning umidi oqlanarmikan. O'yin 12 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251