De Dzerbining o'rniga ikkita nomzod ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 515

«Marsel» italiyalik mutaxassis Roberto De Dzerbi o'rniga yangi bosh murabbiy izlamoqda. «Foot Mercato» nashri bergan xabarga ko'ra, asosiy nomzod — 48 yoshli senegallik Xabib Beye. Ushbu mutaxassis yaqinda «Renn» klubidan iste'foga chiqarilgan edi.
Manbalarning ta'kidlashicha, «Marsel» rahbariyati Serjiu Konseysau nomzodini ham ko'rib chiqmoqda. Portugaliyalik murabbiy ayni damda Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubida faoliyat yuritmoqda.
«Marsel» Frantsiya Ligi 1 turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «PSJ»dan 12 ochkoga ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280