Dana Uayt UFC tarixidagi eng tomoshabop tadbirni va'da qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

UFC rahbari Dana Uayt AQShning 250 yilligini nishonlash doirasida Oq uyda bo'lib o'tadigan tarixiy turnirga tayyorgarlik haqida gapirdi.
"O'ylaymizki, bu UFC tarixidagi eng ko'p tomosha qilingan musobaqa bo'ladi. U bizning sportimizni hech qachon ko'rmagan ko'plab odamlarga ochib beradi. Men, rahbariyat, xodimlar, OAV va jangchilar uchun bu butun faoliyatimiz davomidagi eng noyob, ajoyib kecha bo'ladi", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi Yahoo Sports.
Shuningdek, Uayt yana promoushen tarixidagi eng yaxshi kardni yig'ishga va'da berdi. Uning qo'shimcha qilishicha, jangchilar Oq uyning Oval xonasi orqali oktagonga chiqishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277