"Manchester Yunayted" 35 millionga hujumchi sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433

"Kristal Pelas" rahbariyati hujumchi Jan-Filipp Mateta bilan xayrlashishga tayyor. "Burgutlar" 28 yoshli frantsiyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha moliyaviy talablarni pasaytirdi.
Football Insider xabariga ko'ra, "Kristal Pelas" futbolchi uchun taxminan 35 million evro olmoqchi. Hujumchining xizmatlariga Angliya premer-ligasining yana bir vakili "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Mateta "burgutlar" safida 2022 yilning yanvaridan buyon to'p tepib kelmoqda. Klub va futbolchi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning yozida tugaydi.
APL joriy mavsumida Jan-Filipp 23ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272