Ximenes "Real"ga qaytmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 397

«Bornmut»ning ispaniyalik himoyachisi Aleks Ximenes Madridning «Real» klubiga qaytish niyati borligini tan oldi.
«Hozirda bor e'tiborim «Bornmut»ga qaratilgan. Ammo kelajakda, albatta, Madridning «Real» klubiga qaytishni istardim. Bu mening uyim, men «Real»da hamma narsani o'rganganman», — deya Ximenesning so'zlarini «Mundo Deportivo» gazetasi keltirmoqda.
20 yoshli Ximenes — «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yilda «qaymoqranglilar» safini tark etgan va asosiy jamoada biror marta maydonga tushmagan edi. Joriy mavsumda himoyachi Angliya Premer-ligasi doirasida 22 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286