Konte "Napoli"ning Italiya Kubogidan chiqib ketishiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Napoli" Italiya kubogi chorak finalida "Komo"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan bo'lsa, penaltilar seriyasida Sesk Fabregas jamoasi aniqroq harakat qildi - 7:6.
"Hakamlik haqida gapiraverish kerak emas. Bu hakamlar ishi bo'yicha eng yaxshi mavsum emas, ammo umid qilamanki, vaziyat yaxshilanadi.
Jamoamga tan berish kerak. O'n kun dam olgan va jarohatlar muammosi bo'lmagan "Komo"ga qarshi turish oson bo'lmadi. Biz hozirda mavjud resurslarni hisobga olgan holda hali ham yaxshimiz", - dedi Konte Sport Mediaset nashriga bergan intervyusida.
A Seriyada "Napoli" peshqadam "Inter"dan 9 ochko ortda qolib, 3-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278