"Real" Tonali bo'yicha bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 376

Madridning «Real» klubi «Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali borasida bir qarorga keldi. Avvalroq futbolchining agentlari uning xizmatlarini «Qirollik klubi»ga taklif qilishgan edi.
«Real» Tonali nomzodiga qiziqish bildirdi. Biroq «TuttoJuve» nashrining xabariga ko'ra, klub uning transferi uchun 75 million evrodan ortiq mablag' ajratishga tayyor emas.
Shuningdek, kecha «Manchester Yunayted» ham Tonaliga jiddiy da'vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. «MYu» italiyalik futbolchini Kazemiro uchun ideal o'rinbosar deb hisoblamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243