Bellingemning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem fevral oyi boshida «Rayo Valekano»ga qarshi kechgan uchrashuvda sonining orqa mushagidan jarohat olgan edi.
Jurnalist Ramon Alvares de Monning ma'lumotlariga ko'ra, ingliz futbolchisining jarohati avval kutilganidan ancha jiddiyroq bo'lib chiqishi mumkin. Dastlab yarim himoyachi bir oyni o'tkazib yuborishi xabar qilingandi.
Biroq endilikda Bellingem jarohatdan bu qadar tez tiklana olmasligi ma'lum bo'ldi. U ikki oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin, shu sababli faqat aprel oyiga kelibgina safga qaytish xavfi bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242