Santu: "Biz kurashyapmiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

Angliya chempionatida 26-turga start berildi, "Manchester Yunayted" bilan durang o'ynagan "Vest Xem" ijobiy natijaga erishdi. "Bolg'achilar"ning portugaliyalik ustozi Nunu Eshpiritu Santu o'yin natijasidan mamnun ekanini yashirmayapti.
"Biz juda yaxshi ko'rindik va kuchli raqibga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdik. Taslim bo'lmayotganimiz va kurashayotganimizni ko'rsatishga muvaffaq bo'ldik. Har bir o'yinda, raqibdan qat'i nazar", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Eslatib o'tamiz, "Vest Xem" omon qolish uchun kurash olib bormoqda. Klub Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida o'n sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243