Braziliya klubi prezidenti Vinisius transferini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 424

"Flamengo" prezidenti Luis Eduardo Baptishta Madridning "Real" klubi yulduzi Vinisius Juniorning ehtimoliy transferi borasida fikr bildirdi.
"Bu biz uchun variant emas. Biz u xohlagan maoshni taklif qila olmaymiz. O'ylashimcha, Vinisius Evropada qolishni istaydi", — deya rahbarning so'zlarini "AS" nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli yulduzli hujumchi "qirollik" klubida 2018 yilning yozidan buyon to'p surib kelmoqda. Braziliyalik futbolchi va "qaymoqranglilar" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. "Transfermarkt" portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 150 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242