Skoulz "Manchester Yunayted"da "Tottenxem" yulduzini ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz "Tottenxem" markaziy himoyachisi Kristian Romeroni o'z jamoasida ko'rishni istashini tan oldi.
Ko'plab mish-mishlarga ko'ra, argentinalik futbolchi yozda jamoadan ketish niyatida. Joriy mavsum davomida "shporlar"ning 27 yoshli sardori o'z klubi rahbariyatini tanqid qilib kelgan.
"Menga Romero yoqadi. Uning o'yinini kuzatish zavqli. U "Tottenxem"dan g'azablangan, shunday emasmi? U erda o'ynashni istamayapti. U muxlislarga, klub rahbariyatiga qarshi chiqmoqda va menimcha, u biroz "aqldan ozgan". Lekin men uni "Manchester Yunayted"da jon deb ko'rgan bo'lardim. Unda xarakter bor", — deya ingliz OAVlari Skoulzning so'zlarini keltirmoqda.
Avvalroq Kristian Romero uchun asosiy da'vogar sifatida Madridning "Atletiko" klubi tilga olingan edi. "Transfermarkt" portalida jahon chempionining narxi 60 million evro etib belgilangan.

Bosh sahifaga
241