"Arsenal" Xulian Alvares uchun so'ralgan narxni pasaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares "Arsenal"ning qiziqishlar doirasida bo'lib turibdi.
"TEAMtalk" nashrining xabariga ko'ra, Madrid klubi o'z futbolchisining sotuvidan 100 million evro ishlab olmoqchi. "To'pchilar" esa so'ralayotgan narxni tushirish uchun transfer kelishuviga hujumchi Gabriel Jezus yoki Gabriel Martinellini qo'shishga tayyor.
Xulian Alvares 2024 yilda "Manchester Siti"dan "Atletiko"ga 75 million evro evaziga o'tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi "matraschilar" safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239