Ronaldu va Portugaliya terma jamoasi oldiga katta vazifa qo'yildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

Portugaliya terma jamoasi kelayotgan yozda AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.
"The Touchline" nashriga ma'lum bo'lishicha, Portugaliya futbol federatsiyasi jamoa oldiga katta vazifa qo'ygan — Jahon chempionatida kamida finaliga chiqish. Terma jamoaning bundan ertaroq bosqichda turnirni tark etishi muvaffaqiyatsizlik deb baholanadi.
Federatsiya Portugaliyaning JCh-2026da g'olib chiqishga qodirligiga to'liq ishonmoqda. Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu jamoa sardori, Roberto Martines esa bosh murabbiy hisoblanadi.
Portugaliya terma jamoasining Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi 1966 yilgi uchinchi o'rin bo'lib qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239