Arbeloa "Real"dan ketish uchun nomzodni ko'rsatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 393

"Real" ustozi Alvaro Arbeloa jamoani tark etishi kerak bo'lgan nomzodni aniqlab oldi. Murabbiy klub rahbariyatiga Eduardo Kamavingani sotish bo'yicha tavsiya bilan chiqdi. Frantsiyalik futbolchi endi Arbeloaning rejalariga kirmayapti, deb ta'kidlamoqda "Topskills Sports UK".
Manbaning xabariga ko'ra, "Real" Kamavingani 70 million evro evaziga sotishga tayyor. Klub kelayotgan yozgi transfer oynasida takliflarni ko'rib chiqish uchun ochiq.
Avvalroq OAV Eduardoni APLning bir qator top-klublari bilan bog'lagan edi. Xususan, matbuotda "Liverpul", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" nomlari tilga olingan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243