Rosenor Kukurelyaning jarohati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36

"Chelsi" chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya Premer-liga doirasidagi "Lids"ga qarshi o'yinning (2:2) tanaffus paytida almashtirildi.
Ispaniyalik futbolchining o'rnini maydonda Yorrel Xato egalladi. Uchrashuv yakunlangach, jurnalistlar Kukurelya bilan nima sodir bo'lgani haqida so'rashdi.
"Tanaffusda Mark tizza osti paylarida noqulaylik his qildi. Tez orada u tibbiy ko'rikdan o'tadi. Keyingi o'yingacha u bilan hammasi joyida bo'lishiga umid qilamiz", — deya "ko'klar" bosh murabbiyi Liam Rosenorning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirmoqda.
Juma kuni, 13 fevral sanasida "Chelsi" Angliya Kubogi chorak finali doirasida safarda "Xall Siti"ga qarshi maydonga tushadi. 21 fevral kuni esa APLning navbatdagi turida o'z uyida "Byornli"ni qabul qiladi.

Bosh sahifaga
243