Marsh: "Bolaligimdan "Milan" muxlisiman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394

Kanada terma jamoasi ustozi Jessi Marsh Italiyaning "Milan" klubi muxlisi ekanini tan oldi. U Italiya futboli dunyoda eng yaxshi deb hisoblangan bolaligidayoq unga muxlislik qilishni boshlagan.
"Kichkinaligimda Italiya futbolini tomosha qilib, "Milan" o'yinini sevib qolganman. Bu erda, Torontoda esa, buning ustiga, ko'plab italiyaliklar yashaydi. Agar Italiya terma jamoasi jahon chempionatiga yo'l olsa, o'z o'yinlarini aynan shu erda o'tkazgani ma'qul", - deya Marshning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Ayni damda "Milan" A Seriya turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251