Bergkamp ayni damda eng yaxshi uch hujumchini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

Niderlandiya terma jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi sobiq hujumchisi Dennis Bergkamp ayni damda kimlarni eng yaxshi forvard deb bilishini aytdi.
"Hozirda eng yaxshilar - Xoland, Keyn va Levandovski. Hozir maydonda hamma narsani biladigan hujumchilar kamayib bormoqda. Faqat gol urish kerak emas-ku. Jamoaning kombinatsion futbolida muvaffaqiyatli harakat qila olish kerak", - deya niderlandiyalikning so'zlarini keltiradi Football.London.
Professional faoliyati davomida Bergkamp Amsterdamning "Ayaks", Milanning "Inter" va Londonning "Arsenal" klublarida o'ynagan. Niderlandiya terma jamoasi safida Dennis 79 ta uchrashuv o'tkazib, 37 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251