Arauxo: "Alvares "Barselona"da o'ynashi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 401

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo "Atletiko" forvardi Xulian Alvaresning "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Xulian Alvares - ayni damda dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri, uning mahorati yaqqol ko'rinib turibdi. Eng yaxshi futbolchilar "Barselona"da o'ynashlari kerak, garchi bu qaror mening vakolatimga kirmasa ham", - deya Arauxoning so'zlarini keltiradi Barça Universal.
Joriy mavsumda argentinalik hujumchi barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 11 marta raqiblarini gollari bilan ranjitgan va beshta assist muallifiga aylangan.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Alvaresning bozor narxi 100 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213