Ingliz klubi "Manchester Siti" darvozaboni uchun 35 million taklif qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 336

"Manchester Siti" darvozaboni Jeyms Trafford yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
23 yoshli futbolchiga "Lids Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi yozgi transferlar vaqtida Traffordni sotib olishni rejalashtirmoqda. Darvozabon bo'yicha taklif 35 million evro atrofida bo'lishi mumkin.
Jeyms 2025 yilning yozida "Byornli"dan "shaharliklar" safiga o'tgandi. Bitim summasi 31 million evroni tashkil etdi. Traffordning "Manchester Siti" bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Trafford APLda 3ta o'yin o'tkazib, 4ta gol o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220