"Arsenal" A Seriya yulduziga aylangan "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293

"Manchester Yunayted" safida APLda o'ynagan "Napoli"ning shotlandiyalik yarim himoyachisi Skott Maktominay tumanli Albionga qaytishi mumkin.
Area Napoli nashri jurnalistlari tarqatgan xabarga ko'ra xavbekning transferiga APLda peshqadamlik qilayotgan Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "Tottenxem" "kanonirlar"ning futbolchi uchun raqobatiga aylanmoqchi.
29 yoshli futbolchining neapolliklar bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Maktominayning bozor narxi 45 million evroga baholanmoqda.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Skott 23 ta o'yinda maydonga tushdi. Shotlandiyalik futbolchi 6 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232