Shevchenko Italiyaga qaytishdan qanday bosh tortganini aytib berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361

2006 yilda ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenko Italiyani tark etib, Angliya tomon yo'l oldi. Shunga qaramay, u ikki yil o'tgach, Italiya futboliga qaytish imkoniyatiga ega edi. Ammo o'shanda Shevchenko "Roma"ga rad javobini berishga qaror qilgandi.
"2008 yilda men, albatta, bir necha yil avvalgidek formada emas edim. Meni "Roma"ni boshqarayotgan Luchano Spalletti huzuriga chaqirdi, lekin men rad etdim. Agar Italiyaga qaytishga qaror qilsam, faqat "Milan"ga dedim", - deya Shevchenkoning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
So'nggi paytlarda Shevchenko murabbiy sifatida unchalik muvaffaqiyatga erishmayapti va siyosiy karera qilishga harakat qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234