Deku "Barselona" nima uchun de Yong bilan shartnomani uzaytirganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418

"Barselona" sport direktori Deku niderlandiyalik yarimhimoyachi Frenki de Yong bilan mehnat shartnomasini uzaytirish haqida gapirdi. O'tgan yilning oktyabr oyida xavbek 2029 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagandi.
"Barsa" talabchan, ayniqsa, katta pul to'lanadigan o'yinchilarga, ammo Frenki o'z formasining cho'qqisida va u bilan shartnomani uzaytirmaslik xato bo'lardi", - deya funktsionerning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
De Yong "Barselona" safida 2019 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli de Yongning narxi 45 million evroga teng.

Bosh sahifaga
230