«Real»ning yana bir futbolchisi Arbeloadan g'azabda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 799

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi David Alaba jamoadagi holatidan norozi. 33 yoshli futbolchi o'zini o'ynashga tayyor deb hisoblaydi va Alvaro Arbeloa qo'l ostida doimiy o'yin amaliyoti yo'qligidan juda g'azabda, deb xabar bermoqda «Marca». Avstriyalik futbolchi murabbiy nega unga ishonmayotganini tushunmayapti va bu haqda uning o'ziga to'g'ridan-to'g'ri ma'lum qilgan.
Arbeloa tayinlanganidan beri David Alaba maydonda to'rt marta ko'rinish berdi, biroq barcha holatlarda o'yin yakunlanishi arafasida zaxiradan maydonga tushgan. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis o'tgan oyning o'rtalarida ishdan bo'shatilgan Xabi Alonsoning o'rnini egallab, bosh murabbiy lavozimiga tayinlangan edi.
Alabaning «Real» bilan shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga etadi va uning uzaytirilishi dargumon.

Bosh sahifaga
228