«Liverpul» «Bornmut» 19 yoshli yulduzi uchun 90 million evro sarflashi kerak bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39

«Bornmut» hujumchisi Eli Krupi faoliyatini Angliyaning boshqa bir grand klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda «Caught Offside» nashri xabar bermoqda.
Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, 19 yoshli futbolchining transferiga «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizillar» joriy mavsum yakunlanganidan keyin futbolchini qo'lga kiritishga harakat qilib ko'rishlari mumkin. Shu bilan birga, «Bornmut» frantsiyalik iqtidor sohibi uchun anchagina katta mablag' — 80 milliondan 90 million evrogacha (taxminan 70-80 million funt) talab qilmoqda.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida hujumchi 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo'yishga ulgurdi. Krupining «olchalar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
238