Florian Virts — «Liverpul»da yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7896

«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts o'tgan oyni yuqori notada o'tkazdi va buning uchun munosib taqdirlandi. 22 yoshli germaniyalik futbolchi jamoada «yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi» deb topildi, bu haqda «qizillar» matbuot xizmati xabar berdi. Xavbek o'tgan oy davomida Arne Slot jamoasi safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Florian Virts joriy mavsum boshida Leverkuzenning «Bayer» klubidan 125 mln evro evaziga «Liverpul»ga o'tgan edi. Yulduz yangi futbolchi uchun Angliyadagi adaptatsiya jarayoni oson kechmadi, biroq dekabr oyi oxiridan boshlab unga nisbatan tanqidlar kamaydi — futbolchi muntazam ravishda samarali harakatlari bilan ajralib tura boshladi.

Bosh sahifaga
229