«Real»ning yosh futbolchisi Arbeloa kutganidan ham a'lo natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 246

Madridning «Real» klubi o'ng qanot himoyachisi David Ximenes asosiy jamoadan muqim joy olishi mumkin.
21 yoshli futbolchi La Liga doirasidagi «Valensiya»ga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvda (2:0) ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Jurnalist Ruben Martinning xabariga ko'ra, jamoa ustozi Alvaro Arbeloa Ximenesning «Mestalya»dagi o'yinidan juda mamnun bo'lgan. Murabbiy lateralning imkoniyatlari va salohiyatini «Kastilya»dagi birgalikdagi faoliyati orqali juda yaxshi biladi, shunga qaramay, futbolchi barcha kutilmalardan a'loroq natija ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. Ko'rinishidan, endilikda yosh ispaniyalik asosiy tarkib o'yinlariga tez-tez jalb etiladi.
David Ximenes «Real» safida jami to'rtta uchrashuvda qatnashdi, ularning ikkitasi Ispaniya Kubogiga to'g'ri keladi. Mart oyida futbolchi 22 yoshni qarshi oladi.

Bosh sahifaga
222