Rosenor Palmerning xatosi haqida: «Koul 1000 ta vaziyatdan 999 tasida gol urardi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor «Lids»ga qarshi o'yinning (2:2) so'nggi daqiqalarida Koul Palmer yo'l qo'ygan xatoga munosabat bildirdi.
Yarim himoyachi 94-daqiqada «ko'klar»ga g'alaba keltirishi mumkin edi, biroq juda qulay imkoniyatdan foydalana olmay, darvozaga aniq zarba bera olmadi.
«Koul bunday vaziyatlarda 1000 tadan 999 tasida gol urgan bo'lardi. Afsuski, bu o'sha yagona istisno bo'lib chiqdi», — deya jurnalist Bobbi Vinsent Rosenorning o'yindan keyingi intervyusida aytgan so'zlarini keltirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280