Germaniya kubogi. «Frayburg» penaltilar seriyasida «Gerta»ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

«Frayburg» Germaniya Kubogining 1/4 finalida «Gerta» ustidan g'alaba qozondi — 1:1 (penaltilar seriyasi bo'yicha — 5:4). O'yin Berlindagi «Olimpiya» stadionida bo'lib o'tdi.
Asosiy vaqtda gol urilmadi. 96-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Yuito Sudzuki hisobni ochdi. Berlin jamoasi 104-daqiqada hujumchi Fabian Rozening goli evaziga muvozanatni tikladi. Penaltilar seriyasida esa «Frayburg» futbolchilari aniqroq harakat qilishdi.
«Frayburg»ning yarim finaldagi raqibi qur'a tashlash marosimidan so'ng ma'lum bo'ladi.
Germaniya Kubogi. 1/4 final | 11 fevral | «Olimpiashtadion» (Berlin)
Gerta — Frayburg — 1:1 (penaltilar bo'yicha — 4:5)
Gollar: Sudzuki, 96 (0:1); Reze, 104 (1:1).
Frayburg: Myuller, Ginter, Rozenfelder, Makengo (Gyunter, 78), Troy, Osterage (Manzambi, 78), Eggeshtayn, Sudzuki, Sherxant (Grifo, 63), Beste (Ire, 116), Matanovich (Xeler, 113).
Ogohlantirish: Grifo, 70.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
236