Kontening «Napoli»si uchun omadsiz mavsum: Jamoa ikki hafta ichida ikkita yirik turnirdan chiqib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

«Napoli» Italiya Kubogida g'olib chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
Antonio Konte jamoasi bugun 1/4 finalda «Komo»ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.
Bundan ikki hafta oldin Italiyaning amaldagi chempionlari umumiy bosqichdan o'ta olmay, Chempionlar ligasidan ham chiqib ketishgan edi.
A Seriyada esa «Napoli» peshqadam «Inter»dan 9 ochko ortda qolgan holda uchinchi o'rinda bormoqda. Dekabr oyida qo'lga kiritilgan Italiya Superkubogi ushbu mavsumdagi yagona sovrin bo'lib qolishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236