APL. «Chelsi» 2:0 hisobini ushlay olmadi: «Lids» «Stemford Bridj»da iroda ko'rsatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 240

«Chelsi» o'z uyida APL 26-turi doirasida «Lids» bilan durang o'ynadi — 2:2.
Mezbonlar safida Joao Pedro va penaltini aniq amalga oshirib, golli uzatmani ham o'z hisobiga yozdirib qo'ygan Koul Palmer gol urishdi. Mehmonlar 0:2 hisobida mag'lub bo'la turib, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi — Lukas Nmecha va Noa Okafor o'z ismlarini tabloga yozdirib qo'yishdi.
«Chelsi» 44 ochko jamg'argan holda Angliya chempionati jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. «Lids» esa 30 ochko bilan 15-pog'onadan joy olgan.
Angliya Premer-ligasi. 26-tur | 11 fevral | «Stemford Bridj»
Chelsi — Lids — 2:2
Gollar: Joao Pedro, 24 (1:0); Palmer, 58-pen. (2:0); Nmecha, 67-pen. (2:1); Okafor, 73 (2:2).
Chelsi: Sanches, Chaloba, Achimpong (Fofana, 79), Kukurelya (Xato, 46), Gyusto, Santos (Delap, 79), Kaysedo, Fernandes, Estevan (Pedru Netu, 64), Palmer, Joao Pedro.
Lids: Darlou, Bornau (Okafor, 55), Biyol, Djastin, Bogl, Gudmundsson, Ampadu, Rodon, Aaronson (Longstaff, 90+5), Gruev, Nmecha (Djeyms, 82).
Ogohlantirishlar: Gyusto (8), Achimpong (15), Palmer (67), Kaysedo (90) — Gudmundsson (19), Bornau (22), Djastin (45), Longstaff (90).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
240