APL. «Bornmut» «Everton» maydonida muhim g'alabani qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

«Everton» Angliya chempionatining 26-turi doirasida «Bornmut»dan mag'lubiyatga uchradi — 1:2. O'yin «Xill Dikinson» stadionida bo'lib o'tdi.
«Irislar» hujumchisi Iliman Ndiaye 42-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng mehmonlar 3 daqiqa ichida ikkita gol urishdi — Rayan va Amin Adli o'zlarini ko'rsatishdi.
69-daqiqada «Everton» himoyachisi Jeyk O'Brayen qizil kartochka olib, maydonni tark etgach, mezbonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi.
«Bornmut» 37 ochko jamg'arib, turnir jadvalida «Everton»ga etib oldi. Jamoalar 27 ochko bilan mos ravishda 9 va 8-o'rinlarni egallab turibdi.
Angliya Premer-ligasi. 26-tur | 11 fevral | Hill Dickinson stadioni
Everton — Bornmut — 1:2
Gollar: Ndiaye, 42-pen. (1:0); Rayan, 61 (1:1); Adli, 64 (1:2).
Everton: Pikford, Tarkovski, Brantueyt, Mikolenko (Kin, 90+3), O`Brayen, Gana Guye, Garner, Dyusberi-Xoll, Djordj (Armstrong, 62), Ndiaye, Barri (Betu, 62).
Bornmut: Petrovich, Senesi, Xill, Tryuffer, Ximenes, Skott, Tot (Krupi, 58), Kristi (Kuk, 80), Adli (Bruks, 80), Rayan (Smit, 90+3), Evanilson (Enes Yunal, 58).
Ogohlantirishlar: Betu (66) — Rayan (57), Bruks (81), Ximenes (90).
Chetlatish: O`Brayen (69).

Bosh sahifaga
243