Italiya kubogi. «Komo» penaltilar seriyasida «Napoli»ni musobaqadan chiqarib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

«Napoli» Italiya Kubogining 1/4 finalida «Komo»ga imkoniyatni boy berdi — 1:1 (penaltilar seriyasi bo'yicha — 6:7).
«Komo» yarim himoyachisi Martin Baturina birinchi bo'lim yakunida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng darhol neapolliklar javob qaytarishdi — Antonio Vergara gol muallifiga aylandi.
Penaltilar seriyasida «Komo» futbolchilari aniqroq harakat qilishdi. «Napoli» safida Romelu Lukaku va Stanislav Lobotka o'z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi.
Italiya Kubogi yarim finalida «Komo» «Inter» bilan to'qnash keladi.
Italiya Kubogi. 1/4 final | 11 fevral | «Diego Armando Maradona» stadioni
Napoli — Komo — 1:1 (penaltilar bo'yicha — 6:7)
Gollar: Baturina, 39-pen. (0:1); Vergara, 46 (1:1).
Penaltilar seriyasi: Da Kunya (0:1), Politano (1:1), Duvikas (1:2), Lukaku (1:2, xato), Baturina (1:3), Spinatstsola (2:3), Perrone (2:3, darvozabon), Santos (3:3), Smolchich (3:4), Elmas (4:4), Diego Karlos (4:5), Milinkovich-Savich (5:5), Voyvoda (5:6), Guterres (6:6), Kempf (6:7), Lobotka (6:7, darvozabon).
Napoli: Milinkovich-Savich, Rraxmani, Juan Jezus, Bekema, Elmas, Lobotka, Olivera (Spinatstsola, 60), Matstsokki (Politano, 60), Jiovane (Santos, 60), Vergara (Guterres, 74), Xeylunn (Lukaku, 74).
Komo: Byute, Ramon (Kempf, 53), Diego Karlos, Vale, Smolchich, Serji Roberto (Rodriges, 67), Perrone, Kakere (Duvikas, 53), Baturina, Adday (Da Kunya, 67), Pas (Voyvoda, 82).
Ogohlantirishlar: Elmas (69) — Ramon (44), Serji Roberto (62).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
240