Antonio Ryudiger APLga qaytishga tayyor: Himoyachi maoshi kamayishiga ham rozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Angliya Premer-ligasiga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
32 yoshli futbolchining «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi. «TEAMtalk» nashrining xabar berishicha, germaniyalik futbolchining ishlari bilan shug'ullanuvchi vositachilar uning nomzodini allaqachon Angliya chempionati vakillariga taklif qilishni boshlashgan va da'vogarlar qatorida «Tottenxem» ham bor. Manbaga ishonilsa, Ryudiger Angliyaga ko'chib o'tish uchun maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi.
Shuningdek, Londonning boshqa klublari — «Vest Xem» yoki «Kristal Pelas»ga o'tish ehtimoli ham istisno etilmayapti. «Chelsi»ga qaytish masalasi ham muhokama qilinmoqda, biroq «ko'klar» yoshi katta o'yinchilarni taklif qilishdan qochishadi, shu sababli bu kelishuvning amalga oshishi amrimahol.

Bosh sahifaga
267